
Balotellini klubdan haydashmoqchi
"Breshiya" italiyalik hujumchi Mario Balotelli bilan shartnomani bekor qilish niyatida, deya mashhur jurnalist Nikolo Skira o‘zining Tvitter sahifasida yozib qoldirmoqda.
2019 yil yozida erkin agent sifatida klub safiga kelib qo‘shilgan "Super Mario" o‘tgan davr mobaynida 19 o‘yinda 5 ta gol kiritgan.
Oldinroq, "Breshiya" klubi rahbari Massimo Chellino ushbu transfer xato bo‘lganini ta’kidlab o‘tgan edi.
Fikrlar