Babayan - "Navbahor"ning 30-bosh murabbiyi!

  • 21 dekabr, 2021, 23:30
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, “Navbahor” 2022 yilgi mavsumni yangi bosh murabbiy – Samvel Vyacheslavovich Babayan boshqaruvida boshlaydi. 

Tecno

Babayan milliy chempionatimizga asos solinganidan buyon “Navbahor”ni boshqaradigan 30-murabbiy sifatida tarixdan joy oladigan bo‘ldi, - deya xabar beryapti klub matbuot xizmati.

“Lochinlar”ni Superligada (oliy liga) eng ko‘p boshqargan mutaxassis bu Viktor Romanovich Jalilov.

jalilov_5

“Navbahor”ning o‘tgan mavsumdagi bosh murabbiyi, 2022 yildan boshlab esa o‘z faoliyatini klub murabbiylar shtabida davom ettiradigan Viktor Romanovich “lochinlar”ni 10 mavsum davomida (tanaffuslar bilan) boshqargan. 

“Navbahor”ning ko‘plab sovrinlari, shu jumladan, 1996 yilgi chempionlik unvoniga ham aynan Viktor Jalilov boshqaruvida erishilgani barchaga ma’lum.  

Keyingi o‘rinda esa jamoada futbolchi va murabbiy sifatida 40 yildan buyon faoliyat yuritayotgan “Navbahor”ning sadoqatli vakili Mustafo Bayramov bormoqda – 6 mavsum (tanaffuslar bilan). 

babayan2_1

Umuman olganda, ko‘plab murabbiylar “Navbahor”ga 2-marta qaytib, faoliyat yuritishgan.

Quyida klubni O‘zbekiston milliy chempionatlarida (1992-2021 yillar) boshqargan murabbiylar ro‘yxati keltirilgan.

1992 - Birodar Abduraimov

1993 - Baxtiyor Boboev - Usmon Asqaraliev

1994 - Sharif Nazarov - Viktor Borisov

1995 - Birodar Abduraimov - Usmon Asqaraliev - Viktor Jalilov

1996 - Viktor Jalilov

1997 - Viktor Jalilov

1998 - Leonid Ostroushko - Viktor Jalilov

1999 - Viktor Jalilov

2000 - Viktor Jalilov - Amet Memet

2001 - Valeriy Sinau - Farhod Magametov

2002 - Farhod Magametov

2003 - Igor Volchok - Viktor Jalilov

2004 - Viktor Jalilov

2005 - Rahim Qurbonmamedov

2006 - Said Seidov - Rustam Zabirov - Rustam Mirsodiqov - Eldor Sakaev

2007 - Eldor Sakaev – Tolib Boboev

2008 - Tolib Boboev - Asqar Kushikbaev - Rustam Abdullaev - Mustafo Bayramov

2009 – Mustafo Bayramov – Sergey Kovshov

2010 – Viktor Jalilov – Sergey Kovshov

2011 - Eldor Sakaev - Mustafo Bayramov

2012 – Mustafo Bayramov

2013 – Mustafo Bayramov – No‘’mon Hasanov

2014 – Baxtiyor Ashurmatov

2015 – Baxtiyor Ashurmatov

2016 – Rashid G‘ofurov - Aleksandr Volkov - Mustafo Bayramov - Ravshan Bozorov – Ilhom Mo‘minjonov

2017 -  Ilhom Mo‘minjonov

2018 – Ilhom Mo‘minjonov – Andrey Kanchelskis

2019 – Andrey Kanchelskis – Deyan Jurjevich – Andrey Kanchelskis

2020 – Andrey Kanchelskis – No‘’mon Hasanov

2021 – No‘’mon Hasanov – Viktor Jalilov.

“Navbahor” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!