
Azmun, uch nafar "Bavariya" futbolchisi va boshqalar! Bundesligada mavsumning eng yomon futbolchilari
Manuel Noyer Bundesliganing eng yomon futbolchilaridan biriga aylandi.
"Bavariya" darvozaboni dekabr oyida chang‘i uchayotganda oyog‘ini sindirib, mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi aniq bo‘lgandi. U dekabrga qadar 12 uchrashuvda maydonga tushgan.
2022/23 yilgi mavsumni halokatli o‘tkazgan futbolchilarning ramziy terma jamoasi quyidagicha:
Darvozabon: Manuel Noyer ("Bavariya");
Himoyachilar: Jonjo Kenni ("Gerta"), Makoto Xasebe ("Ayntraxt"), Maksans Lakrua ("Volfsburg"), David Raum ("Leyptsig");
Yarim himoyachilar: Yulian Vaygl ("Borussiya" Menxengladbax), Rayan Gravenberx ("Bavariya"), Sado Mane ("Bavariya");
Hujumchilar: Alassan Plea ("Borussiya" Menxengladbax), Serdar Azmun ("Bayer"), Patrik Shik ("Bayer").
Fikrlar