
Azizbek Abdulhabibov Paralimpiya o‘yinlarida finalda ishtirok etgan ilk o‘zbekistonlik para kanoechi bo‘ldi
Bundan biroz avval para kanoe bo‘yicha KL2 klassida erkaklar o‘rtasida 200 metr masofaga final bahslari o‘tkazildi.
Medallar uchun kechgan poygada hamyurtimiz Azizbek Abdulhabibov 43.584 soniya vaqt bilan marraga 8-o‘rinda etib keldi. Shu tariqa sportchimiz Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakuladi.
E’tiborlisi, o‘zbekistonlik para kanoechilarning Paralimpiya o‘yinlarida birinchi marta ishtirok etishmoqda, Azizbek Abdulhabibov esa finalda qatnashgan ilk o‘zbekistonlik para kanoechi sifatida tarixga kirdi.
Azizbek Abdulhabibovga kelasi musobaqalarda omad tilab qolamiz.
Fikrlar