
Azar boshpanasiz qolmaydigan bo‘ldi
“Real”dan ketganidan keyin o‘ziga yangi jamoa topa olmagan Eden Azar professional faoliyatini yakunlashi mumkinligi xabar qilingan edi.
Transfer bozori qizg‘in pallaga kirgan bir paytda Azarga xaridor chiqa boshladi. Ma’lumotlarga qaraganda, MLS vakillaridan “Vankuver”, Braziliyadan “Botafago” belgiyalik futbolchiga jiddiy qiziqmoqda.
Shuningdek, Edenga Saudiya Arabistonidan ham variantlar chiqayotgani aytilmoqda.
Azar professional futbolchilik faoliyatini “Lill”da boshlagan. Yulduzli davri “Chelsi”da o‘ynagan yillarga to‘g‘ri keldi. 2019 yili “Real”ga ko‘chib o‘tganidan keyin ispan futboliga moslaga olmadi.
To‘rt yil davomida Azar madridliklar safida 76 ta uchrashuvda maydonga tushib, ettita gol va 2ta golli pas muallifi bo‘ldi xolos. O‘tgan mavsumda atigi o‘nta bahsda qatnashdi.
Fikrlar