
Ayollar futboli. “Navbahor-W” O‘zPFL Liga kubogini qo‘lga kiritdi
So‘nggi bahsda “Navbahor-W” Samarqandning “Dinamo-W” jamoasi bilan kuch sinashdi va 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa namanganliklar O‘zPFL kubogini qo‘lga kiritishdi. Ularga mazkur sovrinni FIFA mutaxassisi Andrey Vashkevich topshirdi.
Ayollar futboli bo‘yicha O‘zPFL Liga kubogi
16 noyabr, shanba
NAVBAHOR-W - DINAMO-W 3:0
Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 54 tomoshabin
Hakamlar: Xusnora Jumaeva, Roziyabonu Yusupova, Xayriniso Erkinova
Nazoratchi: Ro‘zim Davletmuradov
Komissar: Oybek Yunusov
Gollar: Nargiza Abdurasulova, 59 (1:0), Nilufar Dadajonova, 61 (2:0), Nargiza Abdurasulova, 71 (3:0)
Ogohlantirish: Yo‘q.
Fikrlar