“Ayntraxt” “Real”ning ustidan kuldi

  • 18 yanvar, 2021, 17:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”da o‘ynay olmasdan, sobiq jamoasi “Aytraxt”ga ijaraga o‘tgan Luka Yovich Bundesligadagi dastlabki uchrashuvida “Shalke” darvozasini ikki marta aniq nishonga oldi.  Shundan so‘ng, “Ayntraxt” matbuot xizmati madridliklarga hazil qildi.

Tecno

“Sizlar uni o‘yinga tushirsangiz kifoya edi...Luka ajoyib qaytishing bilan tabriklaymiz!, - deb yozdi klubning Tvitterdagi rasmiy kanali.

“Qirollik klubi” bilan kelishuvga ko‘ra, serbiyalik hujumchi mavsum oxirigacha “Ayntraxt” sharafini himoya qiladi.

Qizig‘i Luka Yovich “Real” tarkibida ikkita gol urish uchun 32 ta o‘yinda harakat qildi. “Ayntarxtda” esa bu ishni bir urinishda uddaladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!