
ATP. Ruslar sensatsiya ko‘rsatishda davom etadi! Bu safar Jokovich mag‘lub etildi
London shahri tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi yilning yakuniy turniriga mezbonlik qilmoqda. 4-kunning so‘nggi bellashuvida serbiyalik Novak Jokovich hamda rossiyalik Daniil Medvedev o‘zaro munosabatlarga oydinlik kiritib oldi.
Musobaqaning 1-tartib raqam ostida saralangan tennischisiga qarshi juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan Medvedev tajribali raqibiga katta muammo tug‘dira oldi. Eyslar, to‘p uzatishlardagi aniqlik, breyk-pointlar ko‘pligi evaziga Daniil raqibini 6:3, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu bellashuvdan bir necha soat avval yana bir rus tennischisi Andrey Rublyov turnir g‘olibligi uchun asosiy da’vogarlardan biri, avstriyalik Dominik Timdan 2 setda ustun kelgan edi.
Fikrlar