Asror Aliqulov: "Tezkor hujum orqali raqibni xato qilishga majbur qila oldik"

  • 13 sentabr, 2024, 15:57
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liganing 19-turidagi markaziy uchrashuvda “Buxoro” “Mash’al” bilan kuch sinashdi. Turnir jadvalidagi ikki etakchi o‘rtasidagi bellashuvda muborakliklar safarda yagona gol evaziga peshqadamni ikkinchi marta mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldilar. O‘yindan so‘ng “Mash’al” bosh murabbiyi Asror Aliqulov quyidagicha munosabat bildirdi.

Tecno

- “Buxoro” ko‘proq standartlardan hujum qilishini bilgan holda shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rgandik. Futbolchilar o‘zlarini yaxshi ko‘rsata oldilar. Tezkor hujum orqali raqibni xato qilishga majbur qila oldik. Hisobda oldinga chiqdik va natijani saqlab qoldik. Oxirgi soniyalargacha “Buxoro” katta kuch bilan hujum qildi. Bu g‘alaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman. Bosh homiyimiz – “NBU” bankini 33 yilligiga ushbu g‘alabamizni jamoamiz nomidan tuhfa qilamiz.  

- O‘yin boshida jamoangiz penaltidan unumli foydalandi. Nima deb o‘ylaysiz, agar penalti bo‘lmaganida o‘yin qanday natija bilan tugardi?

- “Buxoro” bir nechta uchrashuvdan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelyapti. Shuni ham hisobga olganmiz. Adashmasam, “Buxoro” oxirgi mag‘lubiyatini faqat bizning jamoadan qabul qilib olgan. O‘yinchilarimizga yaxshilab uqtirdik. “Buxoro”ning o‘yinini o‘rganish jarayonida ko‘p klublar bu jamoaga qarshi pozitsion hujum qila olmaganlar. Shu narsa “Buxoro”ga muammo keltirishi mumkin ekan. Hisob 0:0 bo‘lib turganida ham biz baribir golli vaziyatlarni yaratishga harakat qilardik. O‘yin qanday kechishi haqida oldindan biror nima aytish qiyin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!