
Arteta va Xavi kelishib olgan, ammo "Arsenal" ustozi kelishuvni buzgan bo‘lib chiqdi
26 iyul kuni Kataloniya klubi AQShda bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida London jamoasiga (3:5) mag‘lub bo‘ldi.
Malumotlarga ko‘ra, bosh murabbiylar Xavi va Arteta o‘yin oldidan futbolchilar agressiv harakat qilmasligi borasida kelishib olgan. Sababi, maydon yomon holatda edi va mutaxassislar futbolchilarning jarohat olishini istamagan.
"COPE" muxbiri Elena Kondisning so‘zlariga ko‘ra, maydon shunchalik yomon holatda ediki, "kanonirlar" o‘yinni to‘xtatish haqida o‘ylagan.
Bellashuvdan so‘ng “Barselona” bosh murabbiyi “Arsenal”ning shiddatliligi va raqibning qo‘polliklari ko‘pligidan hayratda qolganini tan oldi.
“Mavsum oldi o‘yin uchun bu oddiy holat emas”, - deya ta’kidladi "ko‘k-anorranglilar" ustozi.
Fikrlar