
Arteta: Bir marta xato qildim
"Arsenal" ustozi Mikel Arteta Gabriel Jezusning jarohati haqida gapirdi:
"To‘g‘risini aytsam, uning qachon safga qaytishi borasida aniq muddat yo‘q. Men bir marta xato qildim va bu takrorlanishini istamayman. Biz ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak", - dedi "kanonirlar" ustozi.
O‘tgan yili yozda "Siti"dan London klubiga kelib qo‘shilgan. U tez-tez jarohat olyapti va ko‘plab muhim uchrshuvlarda jamoasiga yordam bera olmayapti.
Fikrlar