"Arsenal"ning sardorlik bog‘ichi Granit Jakaga berilishi mumkin

  • 19 iyul, 2019, 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shveytsariyalik yarim himoyachi Granit Jaka yangi mavsumda “Arsenal”ga sardorlik qilishi mumkin.

Tecno

The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli futbolchi ushbu nomga asosiy da’vogar sifatida aytilmoqda.

Aytish kerakki, “kanonirlar”ning o‘tgan yilgi sardori Loran Koselni jamoadan ketishi mumkin. U xatto jamoaning yangi mavsum yig‘iniga ham kelmadi va shu sababli rahbariyat unga intizomiy chora ko‘rib, sardorlik bog‘ichidan mahrum etdi.

Ma’lumot uchun, Jaka “Arsenal”ga kelishdan avval “Borussiya” Myunxengladbaxda sardor bo‘lgan. Bundan tashqari u Shvetsariya terma jamoasi sardori hisoblanadi. U o‘tgan mavsum "Arsenal"da vitse-sardor ham bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!