
"Arsenal"ning Rays uchun 3-taklifi tayyor
"Arsenal" yozgi transferlar oynasida 200 million funtdan ko‘proq sarflashni reja qilgan. Klubning asosiy rejalaridan biri "Vest Xem" vakili Deklan Raysni o‘z tarkibiga qo‘shib olish. Ayni dam futbolchining o‘zi bilan kelishuv amalga oshgan, lekin tomonlar hali ham muzokaralarni davom ettirmoqda.
"Daily Mail" nashri ma’lum qilishicha, "Arsenal" Rays uchun 3-taklifni yuborishga tayyor. Klub yarim himoyachiga 100 million funtdan ko‘proq to‘lamoqchi. Agarda bu taklif ham rad qilinsa, londonliklar kurashdan chiqish ehtimoli ham mavjud.
Ma’lumot uchun, Raysni "Manchester Siti" ham sotib olishga harakat qilmoqda.
Fikrlar