
"Arsenal" va "Tottenxem" 21 yoshli frantsuz uchun kurash boshladi
“Ayntraxt” klubi markaziy himoyachisi Evan Ndika faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Bild nashrining ma’lum qilishicha, 21 frantsiyalik futbolchiga «Arsenal», «Tottenxem» va «Sautgempton» klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.
Xabarlarga qaraganda, ushbu kurashda “Arsenal”ning imkoniyati qolgan jamoalardan ko‘ra yuqoriroq baholanmoqda. Boisi, Ndikaning agenti bundan avval Nikolya Pepening “Lill”dan “Arsenal”ga o‘tishini ham ta’minlagan.
Ndika joriy mavsum “Ayntraxt” safida Bundesligada 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qildi. Uning frankfurtliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar