"Arsenal" va MYu "Borussiya" yulduzini qo‘lga kiritishmoqchi

  • 15 noyabr, 19:00
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Karim Adeyemini sotib olish uchun "Manchester Yunayted" bilan raqobatga kirishdi. Klublardan biri 23 yoshli futbolchini qishda sotib olishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, futbolchi "asalarilar" bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmagan, shundan so‘ng boshqa jamoalar unga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirgan. Ta’kidlanishicha, "Borussiya" qishki transferlar vaqtida Adeemini 70 mln evrodan kamiga sotmoqchi emas. Hujumchining atrofidagilar uning Londonga ko‘chib o‘tishi tarafdori.

Joriy mavsumda germaniyalik futbolchi barcha musobaqalarda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 60 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!