
“Arsenal” mavsum oxirigacha “Chelsi” va “Liverpul”ni quvib o‘tadi
“Arenal” yarim himoyachisi Granit Jaka “kanonirlar” chempionat oxirida “Chelsi” va “Liverpul”ni quvib o‘tishiga ishonishini aytdi.
Premer-liganing navbatdagi turida Mikel Arteta shogirdlari o‘z uyida so‘nggi pog‘onada borayotgan “Byornli” darvozasiga yo‘l topa olmadi va kuchli to‘rtlikka qaytish imkonini qo‘ldan boy berdi.
Mutaxassislar kuchli to‘rtlikka kirish “Arsenal” uchun eng katta natija bo‘lishini ta’kidlab, shunga ham erishish juda qiyin bo‘lishini ta’kidlamoqda.
- Hamma to‘rtinchi o‘rin haqida gapirayotgan achinarli. Biz bundan ko‘prog‘iga qodirmiz. Hozir “Chelsi”ning ham o‘yini qovushmayapti. Biz nafaqat ulardan, balki “Liverpul”dan ham u qadar uzoqda emasmiz.
Birinchi navbatda, o‘z o‘yinimiz haqida bosh qotirishimiz kerak. Boshqalarga chalg‘imay, o‘zimizga tegishli ochkolarni jamg‘arishga e’tibor qaratishimiz lozim, - dedi Granit Jaka.
Fikrlar