
"Arsenal" "Lion" yulduzini sotib olmoqchi
"Arsenal" "Lion"ning 21 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Rayan Sherkiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
“Arsenal” futbolchi uchun kurashda “Manchester Yunayted”, “Liverpul” va Germaniya hamda Italiya klublariga raqobat qiladi. Futbolchining narxi 35 million evroga baholanmoqda. Uning Frantsiyaning “Lion” klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026 yil iyuniga qadar amal qiladi. Biroq Sherkining yozda jamoani tark etishi kutilmoqda.
Sherki Evropa Ligasining joriy mavsumidagi eng ko‘p golli uzatma amalga oshirgan futbolchisi hisoblanadi (7 assist). Umuman olganda, u mavsum davomida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urgan va 19 ta golga assistentlik qilgan.
Fikrlar