"Arsenal" La Ligadan himoyachi olib kelmoqchi

  • 27 iyun, 16:31
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi "Valensiya" markaziy himoyachisi Kristian Moskeraning transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Tecno

Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, 20 yoshli ispaniyalik futbolchi London klubiga o‘tishga oldindan rozilik bergan. Manbaga ko‘ra, tomonlar muzokaralarning dastlabki bosqichida. Futbolchiga PSJ ham qiziqish bildirayotgandi, biroq hozir Moskeraning ustuvor varianti aynan "Arsenal" hisoblanadi.

O‘tgan mavsumda Kristian Moskera "Valensiya" safida barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Uning ispan klubi bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 30 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!