
“Arsenal” gol o‘tkazmaydigan darvozabon topdi
Ishonchli darvozabon qidirayotgan “Arsenal” rahbariyatiga mavsumni ijara asosida “Suonsi” tarkibida o‘tkazayotgan Freddi Vudmanning o‘yinlari manzur bo‘lmoqda. Bu darvozabonning transfer huquqi “Nyukasl”ga tegishli.
“Kanonirlar” skautlari 23 yoshli Freddi Vudmanning o‘yinlarini bir necha marotaba bevosita stadiondan kuzatgan. U Chempionshipning 23 ta uchrashuvidan 14 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
“Arsenal” bu futbolchini olish uchun “Nyukasl”ga 7 million funt to‘lashga tayyor ekanini bildirmoqda.
Fikrlar