Arne Slot "Brayton"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng zaxiradan maydonga tushgan Saloh haqida nimalar dedi?

  • 13 dekabr, 22:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Angliya Premer-ligasining 16-turida Arne Slot boshqaruvidagi "Liverpul" o‘z uyida "Brayton"ni qabul qilib, 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu bellashuvdan so‘ng niderlandiyalik mutaxassis jamoa afsonasi hisoblangan Muhammad Saloh haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
"U raqib uchun juda katta xavfli futbolchi bo‘ldi. Menimcha, uning birinchi to‘xtatishi deyarli Makallister uchun golli pasga aylandi. Biz yaratgan barcha xavfli vaziyatlarda u bor edi. Uni maydonda ko‘rganimdan juda xursand bo‘ldim. Lekin bu ajablanarli emas, chunki u buni "Liverpul" safida ko‘p marta qilgan.

Tecno

Uni boshqa o‘yinchilar bilan birga ro‘yxatga kiritish qarorini qabul qilish oson bo‘ldi. Men bundan oldin ko‘p marta aytganman: Saloh bilan gaplashganlarimizni o‘rtoqlashmaymiz.

U bizga kerak edi va aynan u ikkinchi golga pas uzatdi – 2:0, bu biz uchun juda yoqimli. Muhammad Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etadi va bu biz uchun yana bir futbolchining yo‘qligi degani. Biz bu haqda mavsum boshidanoq bilib turdik. Umid qilamanki, bir-ikki futbolchi jarohatdan so‘ng qaytishi mumkin", - deya ta’rif berib o‘tdi mersisaydliklar mutaxassis. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Saloh "Lids"ga qarshi bergan intervyusidan so‘ng "Inter"ga qarshi uchrashuvda qaydnomaga kiritilmadi. Bugun esa Muhammad dastlab o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshladi, birinchi bo‘limning o‘rtalarida esa Joe Gomes o‘rniga maydonga tushdi va o‘z hisobiga assist yozdirib qo‘ydi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!