Arman Maxanov ishtirokidagi final muddatdan avval yakunlandi
- 13-декабр 2025, 21:45
- Ahmadbek Eshmatov
- 0
- Boks
Hozirgina BAAning Dubay shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha Jahon chempionati nihoyasiga etdi.
Musobaqaning so‘nggi final jangi, +92 kg da vakilimiz Arman Maxanov rossiyalik David Surovga qarshi ringga ko‘tarildi.
Afsuski, ushbu bahsda bokschimiz bir necha bor nokdaun holatiga tushib qoldi va 2-raundga kelib, murabbiylar oq sochiq tashlashga majbur bo‘ldi.
Shu tariqa, Maxanov ham mazkur dunyo birinchiligida kumush medal sohibiga aylandi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q