Argentina afsonalaridan biri eng zo‘r futbolchi nomini aytdi
- 25-декабр 2024, 23:43
- Jahongir Inomjonov
- 0
- Futbol
Argentina terma jamoasining sobiq darvozaboni Ugo Gatti Kilian Mbappeni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb atadi.
- Mening fikrimcha, Mbappe hozir dunyodagi eng zo‘r o‘yinchi. Jahon chempionati finalida u qanday o‘ynaganini ko‘rdingizmi? Bu Mbappening Argentinaga qarshi o‘yini edi. Bu haqiqatan ham ajoyib. Kilian noodatiy va Pelega o‘xshaydi.
Hozir u ilgarigidek yaxshi o‘ynamayapti. Axir, "Real" dunyodagi eng katta sinov maydoni" - dedi sobiq posbon.
Ma’lumot uchun, Mbappe joriy mavsumda umumiy 23 ta bellashuvda maydonga tushib, 13 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q