Arda Gyularga Angliya grandi qiziqmoqda
- 16-апрел, 14:44
- Bilolbek Imomov
- 0
- Futbol
Turkiya terma jamoasi va Madriddning "Real" klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler faoliyatini Angliya Premier-ligasida davom ettirishi mumkin.
"Goal" nashri ma'lum qilishicha, 20 yoshli futbolchiga Londonning "Arsenal" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. "To‘pchilar" yozgi transfer oynasida uni o‘z safiga qo‘shib olish uchun rasmiy harakat boshlashni rejalashtirgan.
Manbaga ko‘ra, "Real" va Arda Gyuler o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Turkiyalik futbolchining bozor qiymati hozirda 90 million yevro deb baholanmoqda.
Joriy mavsum La Ligada Gyuler 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q