Arbeloa Mbappe va Vinisius ko‘proq ishlashi kerakligini ta’kidladi
- 28-январ, 17:15
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
Madridning “Real” jamoasini boshqarayotgan bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoasining yulduzli hujum dueti haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Soʻnggi uch oʻyinda madridliklar uchta gʻalabaga erishib, jami oʻnta gol urdi. Buning katta qismi hujumchilar Kilian Mbappe va Vinisius Zhunior hissasiga toʻgʻri keladi.
- Ochiği, maydondagi ularning oʻzaro harakati biz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Biz bu tandem oʻrtasidagi bogʻliqlikni yanada rivojlantirishimiz kerak.
Kilian Mbappe, Vinisius Zhunior va Jud Bellingemning maydonda nimalar qilishini oldindan aytib boʻlmaydi. Ammo ularda ishlash kerak boʻlgan boshqa jihatlar ham koʻp, biz aynan shu bilan shugʻullanyapmiz.
Vaqt oʻtishi bilan yanada katta natijalarga erishamiz, - dedi Alvaro Arbeloa.