Arbeloa Bellingemning noroziligiga izoh berdi
- 22-апрел, 13:46
- Bilolbek Imomov
- 0
- Futbol
"Real Madrid" klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa yarim himoyachi Jud Bellingemning "Alaves"ga qarshi (2:1) 58-daqiqada almashtirilganidan norozi bo‘lgani haqida fikr bildirdi.
"U jarohatdan keyin maydonga qaytdi, juma kuni esa navbatdagi o‘yinimiz bor. Militao bilan bo‘lgani kabi tavakkal qilishni istamaymiz.
U jamoaga yordam berishda davom etishni xohladi va bu menga yoqadi. Bunga katta ahamiyat berish kerak emas, uni yana maydonda ko‘ramiz", — dedi Arbeloa.
Ma’lumot o‘rnida, "qirollik klubi" La Ligada "Barselona"dan so‘ng ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa kataloniyaliklardan 6 ochko ortda qolyapti hamda 1 ta ko‘p o‘yin ham o‘tkazgan.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q