Arab kubogi. Ilk finalchining nomi ma’lum bo‘ldi
- 15-декабр 2025, 21:44
- Muhammadqodir Ruzmatov
- 0
- Futbol
Qatar mezbonlik qilayotgan Arab kubogi musobaqasi o‘z yakuniga yaqinlashmoqda. Yarim final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Marokash terma jamoasi BAAni yirik 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Ushbu bahsda gollarga Karim El Berkaui (28'), Ashraf El Mahdiui (83') va Abderrazzaq Hamdallah (90+2') mualliflik qildi.
Shu tariqa, Marokash terma jamoasi finalga yo‘l oldi. Ularning hal qiluvchi bosqichdagi raqibi Saudiya Arabistoni — Iordaniya juftligi g‘olibi bo‘ladi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q