APLda navbatdagi iste’fo e’lon qildi
- 2-ноябр 2025, 18:17
- Ali Ahmadxo’jayev
- 0
- Futbol
"Vulverxempton" matbuot xizmati jamoa bosh murabbiyi Vitor Pereyra iste’foga chiqarilganini e’lon qildi.
"O‘tgan yilning dekabr oyida Angliyaga kelgach, Pereyra va uning shtabi darhol muvaffaqiyatga erishdi va Premer-liga mavsumining ikkinchi qismini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.
Biroq, so‘nggi davrdagi natijalar va ko‘rsatkichlar maqbul standartlardan past bo‘lib chiqdi, shu munosabat bilan rahbariyatni o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi", - deyiladi "bo‘rilar" bayonotida.
Angliya chempionatining joriy mavsumidagi 10 o‘yindan so‘ng "Vulverxempton" 2 ochko jamg‘arib, 17-pog‘onadan 8 ochko ortda qolgan holda so‘nggi 20-o‘rinda bormoqda.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q