
APL. Turning soʻnggi bahsida "Tottenxem" "Kristal Pэlas"ni minimal hisobda yengdi
- 28-декабр 2025, 23:38
- Bilolbek Imomov
- 0
- Futbol
Angliya Premier-ligasi 18-turning so‘nggi bahsida Tomas Frank boshchiligidagi "Tottenxem" safarda "Kristal Pэlas" bilan kuch sinashib, 1:0 hisobida zafar quchdi.
Bellashuvdagi yagona va hal qiluvchi golni 42-daqiqada Archi Grey Risharlisonning uzatmasidan so‘ng kiritdi. Angliyalik futbolchining ushbu goli shporlarga muhim 3 ochkoni taqdim etdi.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur to‘qnashuvdan so‘ng "Tottenxem" 25 ochko bilan 11-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Premier League
vs
Tottenham Hotspur won after full-time.Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q