APL. Turning soʻnggi bahsida durang qayd etildi
- 27-январ, 02:53
- Bilolbek Imomov
- 0
- Futbol
Angliya Premier-ligasining 23-turidan o‘rin olgan so‘nggi to‘qnashuv ham o‘z nihoyasiga yetdi.
Mersisaydning "Everton" klubi o‘z maydonida "Lids"ni qabul qilib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Bellashuvning 28-daqiqasida Jeyms Justin Pikford darvozasini ishg‘ol qilib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Lekin 76-daqiqada Tierno Barri oradagi farqni yo‘qqa chiqarib, "Everton"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Premier League
vs
Game ended in draw.Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q