APL. "Manchester Siti" safarda kambek qurboni bo‘ldi
- 1-феврал, 23:32
- Улуғбек Хошимов
- 0
- Futbol
Angliya Premier-ligasining 24-turining markaziy uchrashuvi yakunlandi. Jangovar ruhda o‘tgan uchrashuvda jamoalar murosa ko‘chasini tanladi. Dastlab o‘yinning 11-daqiqasida "shaharliklar" xavbegi Rayan Sherki gol urib, hisobni ochdi. Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida Antuan Semenyo oradagi farqni ikkita oshirdi. Ikkinchi bo‘limda esa Domenik Solanke dubly qayd etib, hisobni tenglashtirdi. Dastlab 53-daqiqada raqib himoyachilarini dog‘da qoldirib, hisobni qisqartirgan bo‘lsa, 70-daqiqada super goli bilan muvozanatni tikladi. O‘yin yakuniga qadar hisob boshqa o‘zgarmadi va jamoalar 1 ochkodan bo‘lishib oldi.
Premier League
vs
Game ended in draw.Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q