APL. "Arsenal" o‘z uyida "Lids" darvozasiga naqd 5 ta gol urdi. Dyokeresh va Timber dublni rasmiylashtirdi
- 23-август 2025, 23:19
- Bilolbek Imomov
- 0
- Futbol
Angliya Premer-ligasining ikkinchi turida Mikel Arteta boshchiligidagi "Arsenal" "Lids" bilan to‘qnash kelib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
To‘qnashuvning 34-daqiqasida Timber hisobni ochdi, 45+1-daqiqada esa Saka oradagi farqni 2 taga etkazib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limning startida esa Viktor Dyokeresh Premer-ligadagi ilk golini kiritdi. 8 daqiqa o‘tib esa Timber dublni rasmiylashtirdi. Shuningdek, ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Viktor penaltidan unumli foydalanib, dubl muallifi bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, "kanonirlar" ushbu g‘alaba orqali ochkolar soni 6 taga etdi va "Tottenxem" bilan tenglashib oldi. "Lids"ning hisobida esa 3 ochko mavjud.
Premier League
vs
Arsenal won after full-time.Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q