Antoanetta Stefanova: "Musobaqadagi seansda qatnashib, guvohi bo‘ldimki, yoshlaringizda shaxmatga katta ishtiyoq bor"
- 24-октябр 2025, 12:54
- Oybek Yo’ldoshev
- 0
- Shaxmat
IV Zakovat-Gambit musobaqasi doirasida mashhur xorijlik grossmeysterlar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Bolgariyalik jahon chempioni Antoanetta Stefanova hamda germaniyalik Evropa chempioni Mattias Blyubaum o‘zbekistonlik shaxmat ishqibozlarini qiziqtirgan savollarga javob berdi.
"Musobaqadagi seansda qatnashib, guvohi bo‘ldimki, yoshlaringizda shaxmatga katta ishtiyoq bor. Bu quvonarli. Men ham bir vaqtlar o‘sha vaqtdagi jahon chempioni Mixail Tal bilan seansda o‘ynaganman va u bilan durangga erishib, juda xursand bo‘lganman", - deya ta’kidladi Antoanetta Stefanova.
Ma’lumot uchun, bu yilgi to‘rtinchi turnirda 2210 nafar shaxmatchi ishtirok etdi, ular orasida 286 nafari ayol-qizlar!
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q