Ansu Fati "Barsa"dan ketadimi?

  • 31 dekabr, 2024, 10:18
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli agent Jorje Mendesh Ansu Fatining "Barselona"dagi kelajagi haqida gapirdi.

Tecno

22 yoshli futbolchining Kataloniya klubidagi kelajagi so‘roq ostida. Ispaniyalik forvard tez-tez jarohat olgani bois maydonga kam tushmoqda.

"Ikki yil oldin Ansu jahonning eng kuchli hujumchilaridan biri edi. U jarohatlar tufayli omadsizlikka uchradi, lekin ishonamanki, Fati barcha qiyinchiliklarni engib o‘tadi. Chunki u ajoyib futbolchi.

Ansu o‘z darajasiga qaytadi va yana "Barselona" muxlislari qalbini zabt etadi. Mumkin bo‘lgan ijaraga kelsak, bu savolni klubga berish kerak. "Barsa" o‘z niyatini va murabbiyning fikrini biladi. Futbolda hamma narsa besh daqiqada o‘zgarishi mumkin" - deya Mendeshning so‘zlarini keltiradi "Barca Universal".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!