
Anri MLS klubini boshqarishga yaqin turibdi
Ayni damda murabbiylik faoliyatini olib borayotgan yaqin o‘tmishning eng mashhur futbolchilaridan biri Terri Anri o‘z omadini okean ortida sinab ko‘rishi mumkin.
Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra 41 yoshli frantsiyalik mutaxassisga AQShning "Nyu-York Red Bullz" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Tomonlar bu masala yuzasidan allaqachon uchrashishgan.
Eslatib o‘tamiz, Anri uchun "Nyu-York Red Bullz" klubi begona emas. Boisi, u 2010-2014 yillar davomida ushbu jamoa safida to‘p surgan. Uning so‘nggi ish joyi esa “Monako” klubi bo‘lgan edi.
Fikrlar