
Anri La Liga klubida ish boshlashi mumkin
Ayni damda esa murabbiylik bilan shug‘ullanayotgan yaqin o‘tmishning mashhur futbolchilaridan biri Terri Anri La Liga klubini boshqarishi mumkin.
The Mirror nashri tarqatgan xabarga qaraganda 41 yoshli frantsiyalik mutaxassisga “Betis” klubidan jiddiy qiziqishlar mavjud. Sevilyaliklar rahbariyati sobiq bosh murabbiy Kike Seten o‘rniga aynan Anrining nomzodini ilgari surishmoqda.
Qayd etish lozimki, "Betis" bungacha "Nyukasl" ustozi Rafael Benites bilan ham muzokaralar o‘tkazgan edi. Biroq, ispaniyalik murabbiy ularga rad javobini bergan.
Eslatib o‘tamiz, Anri o‘tgan mavsum “Monako”ni boshqargan edi. Biroq, oradan uch oy o‘tgach iste’foga chiqarilgan edi.
Fikrlar