Angliyada “non” qolmadi, uyga qaytaman!
- 15-апрел, 08:23
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
“Arsenal” hujumchisi Gabriel Jezus kelasi yozda Braziliyaning “Palmeiras” klubiga qaytib ketishi mumkinligini inkor etmadi.
Ushbu mavsumda Jezus tizza jarohatidan keyin bir necha oylik tanaffusdan so‘ng maydonga qaytdi va hozirda ko‘proq rotatsiya o‘yinchisiga aylanib qoldi.
Jezus hozircha “Arsenal”ga eʼtibor qaratgan bo‘lsa-da, mavsum yakunlangandan keyin 29 yoshli braziliyalik o‘z vatanga qaytish masalasini muhokama qilishga tayyor.
- Mening “Palmeiras” bilan munosabatlarim doim yaxshi bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi, men ulardan juda minnatdorman.
Istagim – bir kuni “Palmeiras”ga qaytib, yana ko‘proq sovrinlar yutish, chunki men u yerda allaqachon sovrinlar taʼminini tatib ko‘rganman. Bu kuchli istak hali ham ichimda bor.
“Arsenal” bilan shartnomam bor. Albatta, bu yerdagi holatim endi avvalgidan farq qiladi. Ammo hozir asosiy eʼtiborim “Arsenal”da. Men u yerda muvaffaqiyat qozonishni va murabbiyga yordam berishni istayman. Mavsum tugagach, kelajak haqida o‘ylaymiz, - dedi Gabriel Jezus.