Angliya klubi muammolarni hal qilish uchun “Real” yulduzini chaqiryapti
- 30-март, 13:14
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
Madridning “Real” klubi futbolchisi Braim Dias Angliya Premier-ligasiga o‘tishi mumkinligi yana keng muhokama qilinmoqda.
“Tottenxem” marokashlik futbolchini yaqinlashib kelayotgan transfer oynasidagi asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgiladi, deb xabar beradi Topskills Sports UK nashri.
“Shporlar” vakillari 26 yoshli o‘yinchi jamoaning hujumdagi muammolarini hal qilishga yordam beradi, deb hisoblashmoqda.
Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, Diasning bugungi kundagi bozor qiymati 35 million evroni tashkil qiladi va bu summa londonliklarni qoniqtiradi.
Shuningdek, “Real”ning hujumkor futbolchisiga Angliya chempionligiga yaqin turgan “Arsenal” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Braimning “Qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil o‘rtalarida tugaydi.