
Angliya grandi “Barsa” yulduzini olib ketmoqchi
“Barselona” hujumkor futbolchisi Ferran Torres yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar boshqa chempionatga ko‘chib o‘tishi mumkiehn.
Todofichajes nashrining yozishicha, 24 yoshli ispan futbolchiga “Chelsi” jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Ferran Torresning 30 million evroga baholanayotgan moliyaviy jihatdan ancha barqaror hisoblangan londonliklarga ortiqchi qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Aslida “Valensiya” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Ferran Torresga Angliya Premer-ligasi begona emas. Bu futbolchi Kataloniyaga kelgungacha 2020-2022 yillar davomida “Manchester Siti”da o‘ynagan.
Ferran Torres klublar miqyosida jami 265 ta uchrashuvda maydonga tushib, 51 ta gol va 34 ta assist muallifi bo‘lgan.
Fikrlar