Andrey Shevchenko Shomurodovning sobiq jamoasini boshqaradi

  • 6 noyabr, 2021, 17:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ukraina futbolining yorqin yulduzi Andrey Shevchenko bugungi kunda murabbiylik faoliyatini tiklashga harakat qilmoqda. Avvalroq, sobiq hujumchi Ukraina milliy terma jamoasini boshqargan edi.

45 yoshli mutaxassis tez orada “Jenoa” jamoasini qabul qilib olishi kutilmoqda. Bu haqda taniqli jurnalist Janluka Di Martsio o‘z saytida xabar berdi.

Ayni paytda “Jenoa” mutasaddilari Shevchenko bilan muzokaraning so‘nggi bosqichini o‘tkazmoqda va ular tez orada bir to‘xtamga kelishi kerak. Tomonlar kelisha olganidan keyin Shevchenko Genuya klubini boshqarishi haqida rasman ma’lumot beriladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, genuyaliklar ukrainalik murabbiyga uch yillik bitim taklif qilyapti. Shartnoma 2+1 shaklida ham tuzilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz,  “Jenoa” Eldor Shomurodovning Italiya chempionatidagi birinchi klubi hisoblanadi. Hamyurtimiz o‘tgan yili oktyabr oyida Genuya jamoasiga qo‘shilib, A Seriyada 31 ta uchrashuvda sakkizta gol urganidan keyin “Roma”ga 17,5 million evro evaziga transfer qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!