Andrey Kanchelskis "Navbahor" vakillari va muxlislariga xayrlashuv maktubini yo‘lladi

  • 15 oktabr, 2020, 02:11
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

"Navbahor"dagi faoliyatim nihoyasiga etganidan afsusdaman. Men mavsumni ushbu jamoa bilan yakunlashni istagandim va musobaqani qaysi pog‘onada yakunlashimizni ko‘rmoqchi edim. Ammo hayotda hamma narsa ham sen o‘ylaganchalik yo‘nalishda ketmaydi, ayniqsa, biz yashayotgan zamonda.

Tecno

Shunday ekan, men klub rahbariyatiga chin yurakdan rahmat aytmoqchiman. Kiyinish xonasidagi barcha yigitlarga O‘zbekistonda menga hadya qilgan yaxshi xotiralari uchun minnatdorlik bildiraman. Men klubda o‘tkazgan ikki yil ichida juda ajoyib damlarni boshdan kechirdim. Jamoadagi barchaning kelgusi ishlarida omad tilayman. 

So‘zim so‘ngida jamoaning muxlislariga ulkan minnatdorlik bildirmoqchiman. Bu kabi jonkuyar ishqibozlarni faoliyatimda uchratmaganman. Men sizlarning qo‘llab-quvvatlashingizni doim his qilib turdim va tom ma’noda jamoaning 12-futbolchisi bo‘la oldingiz. Umid qilamanki, tez orada yana klub muvaffaqiyatlaridan quvonib yashash baxtiga muyassar bo‘lasiz. Men faxr bilan tark etayotgan jamoamga shularni tilayman. 

Shaxsan, yangi chorlovlarga shay holatda murabbiylik faoliyatimni olib boraman. Men futbol ommasi qabul qiladigan har qanday joyda ishlashga tayyorman. 

Barchangizga eng yaxshi tilaklarim", - deydi Andrey Kanchelskis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
akmalsaidov977@gmail.com
15/10/2020 16:53
Bahonachi murabbiy edi oʻzgarish boʻlmadi oʻyinda mano yoʻq edi
&
Rustamov Dilmurod
15/10/2020 07:35
Omon bilsak koʻramiz lekin kanchelskiyni ishlashga berishmadi super ligadagi terenerlarni bir koʻrib chiqsangiz kifoya bular oʻyichilardan ham battar kamandalarni bulishib olishgan kim nichinchi oʻrinni oladi kim qachon ketadi va qayerga boradi. Termamizni ahvoli Xam shu bir paytlar kosimov tuzgan tarkib anzurni oʻrniga haligacha yaxshi himotach topilmagani buni isbotlab turibdi
&
Abdulla Qodirov
15/10/2020 02:47
No'mon Xasanov Andereyi teyiga suv quydi ichki muxitdi buzdi ataylab. Legioner bilan maxaliy futbolchilar orasiga sovuqchilik soldi, Mana endi ornini egalavoti.
&
15/10/2020 03:20
Atelab shu fikirga jovob yozaman dip kirdim Shu gaplarini keltirib beralasanmi isbotlab No’mon Hasanov kemastan oldin kamanda yaxshi ketib turodimi sal fikirlab kiyin yozilar saviyalaring bilinip qolyapti
&
Rustamov Dilmurod
15/10/2020 07:35
Omon bilsak koʻramiz lekin kanchelskiyni ishlashga berishmadi super ligadagi terenerlarni bir koʻrib chiqsangiz kifoya bular oʻyichilardan ham battar kamandalarni bulishib olishgan kim nichinchi oʻrinni oladi kim qachon ketadi va qayerga boradi. Termamizni ahvoli Xam shu bir paytlar kosimov tuzgan tarkib anzurni oʻrniga haligacha yaxshi himotach topilmagani buni isbotlab turibdi