
"Andijon" nazorat o‘yinida maydonga tushdi
Bugun “Andijon” jamoasi pro liga vakili, Superliga yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan “Qo‘qon-1912”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi. O‘yinda 2:2 hisobi qayd etildi. Andijonliklardan Shaxboz Erkinov bilan Bobur Farhodov raqib darvozasini ishg‘ol qilishgan bo‘lsa, mehmonlardan Murod Komilov va Bobur Sobirov gol muallifiga aylandilar.
“Andijon” tarkibi: Eldor Adhamov, Ildar Mamatkazin, Dilshod Komilov, Abduvohid G‘ulomov, Farhod Bekmurotov, Abdurahmon Komilov, Abbos Ergashboev, Armin Boshnyak, Sardor Abdunabiev, Suhrob Berdiev, Shahboz Erkinov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Ilhom Alijonov, Levan Arveladze, Bobur Farhodov, Ilhom Abdug‘aniev, Muhammadkarim Toirov, Sardor Azimov, Rubin Xebay, Mohir Komilov, Ibrohim G‘anixonov, Saidumar Sodiqov, Nodir Karimov.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar