
"Andijon" Navoiyga jo`nab ketdi
Kecha Superliganing 7-tur doirasida bo‘lib o‘tgan "Andijon" hamda "Bunyodkor" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan (0:0) so‘ng, andjionlik futbolchilar keyingi tur o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rish uchun Sirdaryo viloyatining Yangier shahriga jo‘nab ketdi.
"Andijon" jamoasi Superliganing keyingi tur o‘yinini 6-iyul kuni Navoiyda mahalliy "Qizilqum" jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv soat 16:00 da boshlanadi.
"Yoshlik" stadionida bo‘lib o‘tgan mavsumdagi bahsda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishgan edi.
Manba: "Andijon" PFK matbuot xizmati.
Fikrlar