
Anchelotti "Real"ga keladigan ikki yulduz haqida nimalar dedi?
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Chelsi" futbolchisi Antonio Ryudiger va PSJ yulduzi Kilian Mbappening "qaymoqranglilar" safiga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi:
"Men hozirda Mbappe va Ryudigerning jamoamiz safiga kelishi mumkinligi haqida ma’lumot bermoqchi emasman. Ayni paytda biz bor e’tiborimizni mavsumni yaxshi yakunlab olishga qaratganmiz. Chunki qaysidir futbolchini safimizga qo‘shilishi haqida gapirishga erta.
Biz La Liganing navbatdagi turi doirasidagi "Levante"ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonishni istaymiz. Shuningdek, Karim Benzema, Tibo Kurtua va Vinisius Juniorning ham tezroq safga qaytishiga umid qilamiz", — deydi Anchelotti "Levante"ga qarshi o‘yindan oldingi matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, "Real Madrid" — "Levante" uchrashuvi ertaga, 12 may kuni Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan tungi 00:30 da boshlanadi.
Ma’lumot o‘rnida, "qirollik klubi" 30 aprel kuni muddatidan oldin Ispaniya chempionligini hal qilgan edi.
Fikrlar