
Anchelotti o‘zidan avval ishlagan Zidan haqida nimalar dedi?
"Real"ning yangi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ushbu lavozimda o‘zidan avval ishlagan Zinedin Zidan haqida gapirdi.
“Zizu haqida nima deyishim mumkin? U Chempionlar ligasini uch marta yutgan. U oxirigacha ajoyib ishladi. Undan hamma minnatdor bo‘lishi kerak.
Ammo bu futbol - murabbiylar ketadi, boshqalari ularning o‘rniga keladi. Men Zidan bilan gaplasha olmadim, barchasi juda tez sodir bo‘ldi. Yaqin orada biz u bilan muntazam aloqada bo‘lmadik, faqat vaqti-vaqti bilan yozishib turdik, lekin tez orada men u bilan gaplashib olmoqchiman.
Men bu haqda gapirishni istamayman (Zidanning ketish qarori haqida), chunki men Zizu prezident bilan qanday munosabatda ekanligini bilmayman”, - dedi Anchelotti.
Italiyalik mutaxassis bundan avvalroq “Real” sardori Serxio Ramos bilan ham uchrashmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar