Anchelotti jamoadan ketishni istamoqdami?

  • 22 aprel, 17:17
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti madridliklar safidagi kelajagi haqida fikr bildirdi.

— Futbolda hamma narsa mumkin. Siz futbolda sodir bo‘layotgan narsalardan hayratda qolyapsizmi?

Kelasi mavsum jamoada qolishni xohlaysizmi, degan savolga Anchelotti shunday javob berdi:

— Men hech kimdan qasos olishni istamayman. Menga bu ish yoqadi, uni iloji boricha uzoq davom ettirmoqchiman. Agar qolmasam, shunchaki hammadan minnatdorchilik bildiraman, tamom.

Ma’lumot o‘rnida, italiyalik mutaxassis qo‘l ostidagi "qirollik klubi" ertaga "Xetafe" bilan kuch sinashadi. Hafta oxirida esa "Barselona"ga qarshi Ispaniya kubogi finalida to‘qnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!