
Ana xolos! EChL finali Turkiyada o‘tmasligi mumkin
Evropa chempionlar ligasi final o‘yini Istanbuldagi "Otaturk" stadionida emas, boshqa mamlakatda bo‘lib o‘tishi mumkin. "NY Times" tarqatgan xabarga ko‘ra, final Lissabonda o‘tkazilishi mumkin. Manbaning ta’kidlashicha, UEFA final uchrashuvini o‘tkazish uchun boshqa ko‘plab imkoniyatlarga ega emas.
Keyingi hafta, UEFA Chempionlar Ligasi finali masalasida Turkiya tomoni bilan muzokaralar o‘tkazadi. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Chempionlar Ligasi va Evropa Ligasi finallarini o‘tkazish to‘g‘risida qaror 17 iyun kuni qabul qilinadi.
Fikrlar