
Ana xolos! “Chelsi” Obameyangni Milanga jo‘natdi
“Chelsi” mutasaddilari yangi hujumchi Per-Emerik Obameyangni Milan shahriga kuzatib qo‘ydi. 33 yoshli hujumchi yaqinda bosqinchilar hujumiga uchrab, jag‘i singgan edi. Obameyang Milan shahrida yuziga niqob yasattiradi.
Kaltaklangan futbolchi to‘liq tiklanishi uchun uch hafta vaqt ketishi aytilmoqda. “Aristokratlar” esa to‘purar xizmatidan tezroq foydalanmoqchi va uning himoya niqobida maydonga tushishini istamoqda.
“Chelsi” Obameyang uchun “Barselona”ga 12 million evro to‘ladi. Bundan tashqari, londonliklar “Barselona” so‘ragan himoyachi Markos Alonso bilan amaldagi shartnomani bekor qilib, ispan himoyachisining erkin agent sifatida Kataloniyaga ketishiga imkon yaratib berdi.
Fikrlar