
Alvares: "Tarixiy natijadan faxrlanamiz"
Xulian Alvares Argentina terma jamoasining Braziliya ustidan 4:1 hisobidagi yirik g‘alabasini baholadi.
"4:1 hisobidagi g‘alaba – tarixiy natija va biz bundan juda faxrlanamiz. Muxlislarimiz uchun juda xursandman – ular bizga yordam berishdi va jamoamiz uy maydonida ajoyib o‘yin ko‘rsatganiga guvoh bo‘lishdi.
Jahon chempionatiga chiqqanimizdan juda xursandmiz," – dedi Argentina terma jamoasi hujumchisi.
Bundan tashqari, Argentina 1959 yildan beri ilk bor rasmiy o‘yinda Braziliya darvozasiga to‘rtta gol urdi.
Ma’lumot o‘rnida, "Atletiko" forvardi kechagi bahsning ilk golini 4-daqiqa kiritgan edi.
Fikrlar