Alonso buni adolatsizlik va noto‘g‘ri deb atadi
- 14-январ, 11:10
- Улуғбек Хошимов
- 0
- Futbol
Dushanba kuni "Real Madrid" jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonsoni lavozimidan ozod etilganini e’lon qilgan edi.
"The Athletic" nashrining yozishicha,"Ispaniya Superkubogi finalidan so‘ng Alonso klubning mashg‘ulot bazasiga taklif qilingan. U yerda "qirollik klubi" bosh direktori Xose Anxel Sanches bilan uchrashuv o‘tkazilgan va mutaxassisni hamkorlikni to‘xtatish haqida ogohlantirgan. Bunga javoban Alonso bu qarorga qo‘shilmasligini bildirib, uni adolatsiz va noto‘g‘ri deb aytgan. U ketish sababi sifatida, klub ichidagi "galaktikos" hokimiyati madaniyati bilan bog‘ladi", - deb yoziladi manbada.
Ma’lumot uchun, ispaniyalik mutaxassis "qaymoqranglilar"ni 2025 yilning 1 iyun sanasida qabul qilib olgan edi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q