Aleksandr Xomyakov: "Qo‘qonliklarni faqat maqtash mumkin"

  • 9 aprel, 2021, 21:29
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Mash’al” – “Qo‘qon-1912” (0:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- “Qo‘qon-1912”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Qo‘qonliklarning bahs-munozaralariga sababchi bo‘lgan birinchi goli go‘yoki qoidaga muvofiq ravishda urilgandek bo‘ldi. O‘sha gol bizni “ochilish”ga, vaziyatlarni ijobiy tomonga o‘zgartirish uchun ruhlantirishga xizmat qildi. Ammo Qo‘qon jamoasi vakillari juda uyushqoqlik bilan himoyalanishganlari bois buning ilojisi bo‘lmadi. Nima bo‘lgan taqdirda ham qo‘qonliklarni g‘alaba bilan tabriklab qolaman.

Metin himoyani yorib o‘tish qiyin. O‘yinni ikkinchi raqam ostida to‘p surish bilan o‘tkazish ham vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartirish imkonini bermaydi. Qolaversa, bizda hujumlarni yakunlash chog‘ida aniqlik va keskinlik etishmadi. Qo‘qonliklarni faqat maqtash mumkin. Birinchi gol o‘yinchilarimizni ruhan “sindirib” qo‘ydi. Darvozamizdan o‘tkazib yuborilgan ikkinchi goldan so‘ng, yigitlarning kayfiyati yanada tushib ketdi. Ko‘rib turganingizdek, jamoamiz uch ochkoni boy berdi.

Raqib yaxshi himoyalanishdan tashqari chiziqlar bo‘ylab, bir-birini tushungan holda to‘p surganligini ta’kidlamog‘im darkor. Ular maydon markazini nazoratlari ostiga olishdi. Uchrashuv chog‘ida maydon markazida ustunlikka ega bo‘lish muvaffaqiyat kaliti bo‘lib xizmat qiladi.

Birinchi goldan so‘ng, Baxtiyor Ashurmatov bilan gaplashdim. Bunday paytda kishi o‘zini suhbatdoshining o‘rniga qo‘yishni bilishi ham kerak. Uning holatini tushundim. O‘shandan keyin maydonda hammasini muhokama qilish uchun nimadir qilish kerak edi. Lekin hakamning qarori yuzasidan biror narsa deyish, bosim o‘tkazish uchun hech qanday imkon qolmadi. Baxtiyor Ashurmatov - murabbiy, uni hamkasb sifatida yaxshi tushunaman. U boshqaruvidagi jamoaning o‘yinidan to‘la qoniqish hosil qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!